Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Kompani "Bavariya"ning Chempionlar Ligasidagi istiqbollarini baholadi

Kompani "Bavariya"ning Chempionlar Ligasidagi istiqbollarini baholadi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning Chempionlar Ligasidagi holati haqida gapirdi. Myunxenliklar umumiy bosqichning uch turidan so‘ng to‘qqiz ochko jamg‘ardi. Chorshanba kuni nemis grandi o‘z uyida Belgiyaning "Bryugge" klubini tor-mor etdi - 4:0.

"Biz ochko yo‘qotish mumkin emasligini bilardik, chunki oldinda bizni "PSJ" va "Arsenal" bilan o‘yinlar kutmoqda. Iloji boricha ko‘proq ball to‘plash kerak, ammo sakkizlikka kirish omili Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamayman. "PSJ" o‘tgan mavsumda buni ko‘rsatdi. O‘ylaymanki, bu safar ham hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Eng muhimi - pley-offga chiqish va bugun biz yaxshi qadam tashladik," - dedi Kompani matbuot anjumanida.

4 noyabr kuni "Bavariya" safarda "PSJ" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 08:30, 23.10.2025.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик