Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Bekobodga katta futbolni qaytarish yo‘lida

Bekobodga katta futbolni qaytarish yo‘lida

Baho:
+ | -

Bekobod shahrida joylashgan “Metallurg” futbol akademiyasi katta murabbiyi Ilyos Qurbonov O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi Milliy futbol markazida bo‘ldi. Tashrif davomida murabbiy O‘FA texnik direktori Giy Kiala hamda O‘FA Nufuzli yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bahrom Umarov bilan uchrashdi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar Bekobodda futbol infratuzilmasini mustahkamlash, yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va akademiya faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, O‘FA va “Metallurg” akademiyasi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash borasida muzokara olib borildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni mustahkamlash, futbolchilar tayyorlash jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda Bekobod futbolini yuqori saviyada rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalarni belgilab oldilar.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:52, 24.10.2025.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик