Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Sardor Azimov: «OCHL-2 guruhdagi holatimizni albatta yaxshilaymiz»

Sardor Azimov: «OCHL-2 guruhdagi holatimizni albatta yaxshilaymiz»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi OCHL 2 doirasida Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasiga qarshi bahsda durang o‘ynagach, endi bor e’tiborini milliy chempionat uchrashuvlariga qaratgan. Jamoa yetakchilaridan biri Sardor Azimov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— «Andijon»ning «Al-Xolidiya»ga qarshi o‘yini borasida nimalarni ayta olasiz?
— Yaxshi, chiroyli o‘yin bo‘ldi. Muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qila oldik, deb o‘ylayman. Lekin yutib bayram qila olmadik.

— Garchi uchrashuv durang bilan yakun topgan bo‘lsada, «Andijon»ning namoyish etgan o‘yini ko‘pchilikka yoqdi. Maydonda o‘ynagan futbolchi sifatida sizga ham manzur bo‘ldimi?
— Bizga faqat g‘alaba bo‘lganida manzur kelardi. Nasib shu ekan, keyingi safar albatta yutib ishqibozlarimizni xursand qilamiz.

— Qiziq tomoni, 3 ta turda ham 0:0 qayd etildi. Bunga qanday izoh berasiz?
— Bizga ham rosa qiziq bo‘lib boryapti. 3 ta uchrashuvda 3 ta durang. Biz albatta guruhdagi holatimizni yaxshilaymiz.

— Guruhdagi uchala raqib bilan o‘ynadinglar. Qaysi raqib kuchliroq ekan?
— To‘g‘risi, menga «Al-Ahli» bilan o‘ynagan o‘yinimiz bo‘ldi.

— «Andijon»ni endi Termizda «Surxon»ga qarshi o‘yin kutyapti. Tayyorgarlik qanday va nima kutyapsiz?
— Uchrashuvdan keyin darhol «Surxon» bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Chunki taqvim tig‘iz. «Surxon»ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Maqsadimiz bitta: g‘alaba bilan ortga qaytish. Nasib bo‘lsa, yutib qaytamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 17:36, 24.10.2025.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик