Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston kubogi finali chiptalari sotuvi haqida rasmiy ma’lumot berildi

O‘zbekiston kubogi finali chiptalari sotuvi haqida rasmiy ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

29 oktyabr kuni Andijondagi "Bobur arena"da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final o‘yini uchun chiptalar 26 oktyabr kuni sotuvga chiqariladi.

Chiptalar ikki toifaga ajratilgan:

• 1-toifa — 100 000 so‘m (1 va 1A sektorlar);

• 2-toifa — 40 000 so‘m (qolgan barcha sektorlar).

"Paxtakor" klubi final bellashuvining nominal mezboni sifatida texnik zonaning chap qismidan joy oladi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" ishqibozlariga o‘z jamoalari finalda to‘p tepadigan to‘q ko‘k rangda ajratib ko‘rsatilgan sektorlardan chipta xarid qilishi tavsiya etiladi.

"Buxoro" klubi esa final uchrashuvini oq libosda o‘tkazadi. Klub muxlislariga oq ranglar bilan ajratib ko‘rsatilgan sektorlardan joy olish tavsiya etiladi.

Bunda klublarning ehtimoliy taklifiga ko‘ra, 16-sektor to‘liqligicha "Paxtakor" fan-klubi uchun, 18-sektor esa to‘liqligicha "Buxoro" fan-klubi uchun umumiy savdodan alohida ravishda sotilishi rejalashtirilgan. Bunday taklif bo‘lmagan holatda mazkur sektorlar chiptalari ham umumiy savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Andijondagi katta futbol oqshomiga tashrif buyuruvchilarni Liga tomonidan tayyorlab qo‘yilgan sovg‘alar kutmoqda. Chipta xarid qilgan muxlislarda yutuqli o‘yinda ishtirok etish va avvaldan belgilab qo‘yilgan sovg‘alardan biriga ega chiqish imkoniyati mavjud. Buning uchun muxlislardan "Bobur arena" stadioniga kirish imkoniyatini beruvchi uch katta darvozalardan kirishda chiptaning tegishli ajratib ko‘rsatilgan qismini maxsus qutiga solish so‘raladi. Keyinchalik g‘oliblar shu chipta raqamlari asosida saralab olinadi.

Final o‘yini uchun Liga 5 ta iPhone 17, 5 ta PlayStation 5 hamda 5 ta smart televizorini yutuq sifatida tayyorlab qo‘ygan. G‘oliblar stadionning o‘zida aniqlab olinadi. Bunda omadli chipta raqamlari muxlislar guvohligida va xolis kishilar tomonidan lototrondan tortib olinadi hamda chipta raqamlari "Bobur arena" tablosida aks ettiriladi. G‘olib deb topilgan chiptalar egalari bellashuvdan keyin stadionga yondosh hududda joylashgan Andijon futbol assosiasiyasi binosida o‘z yutuqlarini qabul qilib oladi. Sizda ko‘proq chipta xarid qilish va yutuqli o‘yinda g‘olib chiqish koeffisentini oshirish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, chiptalar "Bobur arena" stadioni kassalarida sotiladi. Finalni tomosha qilish uchun boshqa shaharlardan tashrif buyurayotgan muxlislar @echipta_bot orqali buyurtma berishlari va keyinchalik shu buyurtma asosida "Bobur arena" stadioni kassalari yonida tashkil etilgan maxsus darcha orqali o‘z chiptalarini qo‘lga kiritishlari mumkin. Final o‘yiniga muxlislar faqatgina tegishli chipta yordamida kirishlari uchun ruxsat etiladi. Shundan kelib chiqib, bot orqali chipta xarid qilgan muxlislarga haqiqiy chiptani qo‘lga kiritish masalasini iloji boricha ertaroq hal qilish tavsiya etiladi.

P.S. "Bobur arena" stadionida chiptalar savdosi masalasi tartibli yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olib, Liga mazkur final bellashuvi uchun chiptalar savdosi masalasida mahalliy eChipta platformasi bilan hamkorlik qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:49, 24.10.2025.
O'qildi: 1085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.