Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futzal: Husniddin Nishonov operasiya qilindi (foto)

Futzal: Husniddin Nishonov operasiya qilindi (foto)

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Qarshi shahrida mamlakat milliy chempionatining 4-tur bahslari qizg‘in davom etmoqda. Futzal ishqibozlari esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda "BMB PFC" o‘yinchisi Husniddin Nishonov nega maydonda ko‘rinmayotgani haqida so‘rashmoqda.

Husniddin Nishonov bir hafta muqaddam poytaxtimizda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Jizzaxdagi tur oldidan uning eski jarohati yana bezovta qila boshlagan edi. O‘zbekiston futzal federasiyasi ko‘magi hamda Tibbiyot departamenti tavsiyasiga binoan, Nishonov o‘tgan mavsumda Belarusda olgan jarohati joyidan operasiya qilindi.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi.
Hozirda Husniddinning sog‘ligi yaxshi, kayfiyati ham yuqori. Mutaxassislar uning tiklanish jarayoniga taxminan bir yarim oy vaqt kerakligini aytishmoqda.

Shu bois Husniddin Nishonov terma jamoamizning VI Islom birdamlik o‘yinlaridagi ishtirokida yordam bera olmaydi. Ammo Osiyo kubogi–2026 final bosqichiga qadar u o‘z sport formasini to‘liq tiklab olishiga umid qilinmoqda.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 18:04, 24.10.2025.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик