Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Bellingem “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” g‘alabasiga yordam berishi mumkin bo‘lgan jihatlarni aytdi

Bellingem “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” g‘alabasiga yordam berishi mumkin bo‘lgan jihatlarni aytdi

Baho:
+ | -

“Real Madrid” yarimhimoyachisi Jud Bellingem Ispaniya Primerasining 10-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi. Ushbu bellashuv 26 oktyabr, yakshanba kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.

“Fikrimcha, hamma biladi — bunday uchrashuvlardagi gollar va g‘alabalarning ahamiyati boshqacha. Ular seni mavsumning qolgan qismi uchun emosional va ruhiy jihatdan tayyorlaydi. Asosiy raqibing ustidan g‘alaba qozonish, chempionlik uchun kurashda ishonch bag‘ishlaydi va yaxshi mavsum o‘tkazishga turtki beradi.

Juda muhim jihat — o‘yinni, vaziyatni, hissiyotlarni va hal qiluvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim detallarni nazorat qilish. Asosiysi — 90 daqiqa davomida ruhiy barqarorlikni saqlab qolish. Biz raqib qanday o‘ynashini va o‘zimiz qanday o‘ynashni xohlashimizni yaxshi bilamiz. Shu bois, boshqa barcha narsani — asabni, bosimni, atmosferani to‘g‘ri nazorat qilish kerak. Aynan shu detallar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin”, — dedi Bellingem klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

9 turdan so‘ng “Real” 24 ochko bilan Primerada peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:43, 25.10.2025.
O'qildi: 2493 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик