Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa

VAR vakolatlari kengayishi mumkin — ikkinchi sariq kartochka VAR yordamida tekshiriladi

VAR vakolatlari kengayishi mumkin — ikkinchi sariq kartochka VAR yordamida tekshiriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) kelasi seshanba kuni videotakror tizimi (VAR) vakolatlarini kengaytirish masalasini muhokama qiladi.

Ya’ni o‘yin paytida ikkinchi sariq kartochka bilan bog‘liq vaziyatni qayta ko‘rish uchun VAR vakolat berish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bu tashabbusga sabab bo‘lgan holat — Chempionlar ligasi 3-turidagi “Barselona” — “Olimpiakos” (6:1) uchrashuvida yuz bergan bahsli epizod hisoblanadi.

Shu uchrashuvda “Olimpiakos” futbolchisi Santyago Esse ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chiqarilgan edi. Videotakrorlar uning “Barselona” yarimhimoyachisi Mark Kasado bilan bo‘lgan to‘qnashuvida juda kichik qo‘l teginish yuz berganini ko‘rsatdi, ammo ispaniyalik futbolchining reaksiyasi shveysariyalik hakam Urs Shniderni qaror qabul qilishga ishontirdi.

Hozirgi amaldagi qoidalarga ko‘ra, VAR bu vaziyatda hakamni ekranga chaqirish huquqiga ega emas edi. Biroq kelgusida ushbu qoida o‘zgarishi va VAR ikkinchi sariq kartochkalarni ham qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:50, 25.10.2025.
O'qildi: 1120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик