Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Sherzod Jo‘rayev: «Ancha vaqt davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak-da, shogirdlarim hujumkor o‘yin namoyish etishdi»

Sherzod Jo‘rayev: «Ancha vaqt davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak-da, shogirdlarim hujumkor o‘yin namoyish etishdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» — «Navbahor» (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Sherzod Jo‘rayev ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Odatdagidek, «lochinlar» ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugun har ikki jamoa ham chiroyli o‘yin namoyish etdi. «Navbahor»ning o‘yini borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda futbolchimiz qizil kartochka olganidan so‘ng, ancha vaqt davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynashgan bo‘lsalar-da, shogirdlarim hujumkor o‘yin namoyish etishdi. Ammo uchrashuvning asosiy vaqtiga to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan daqiqalarda baribir 10 kishi bo‘lib qolganimiz o‘z ta’sirini o‘tkazdi hamda xatolarimiz evaziga o‘z darvozamizdan 2 ta to‘p o‘tkazib yubordek.

Namangandan ushbu o‘yinga ko‘plab muxlislar tashrif buyurishgani bizni xursand qildi. Maqsadimiz ularni xursand qilish edi. Lekin buni amalga oshira olmadik.

— «Navbahor» keyingi uchrashuvni o‘z maydonida «Nasaf»ga qarshi o‘tkazadi. Jamoa bo‘lajak o‘yinda qarshiliklarni mag‘lubiyatga uchrata oladimi?

— Jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan so‘ng, yigitlar bilan gaplashib, ularning nimaga qodir ekanliklarini tinimay ta’kidlayapmiz. Maqsadimiz — muxlislarga quvonch ulashish. Biroq, bunday o‘yin bilan ularni xursand qila olmaymiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilgan holda, xato va kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz.

Qolgan o‘yinlarda barcha imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:16, 25.10.2025.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик