Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Akmal Rustamov: «Qizilqum» tarkibida ham terma jamoalarda futbolchilar o‘ynashiga harakat qilamiz»

Akmal Rustamov: «Qizilqum» tarkibida ham terma jamoalarda futbolchilar o‘ynashiga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» — «Dinamo» (2:0) uchrashuvidan so‘ng «Qizilqum» bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yinga keladigan bo‘lsak, chiroyli o‘yin ko‘rdik deb o‘ylayman. «Paxtakor»dan uchragan mag‘lubiyatdan keyin uyda «Dinamo»ni yutmasak bo‘lmasdi. Bugun yaxshi harakat qilgani uchun shogirdlarimga, bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bugun yaxshi o‘yin guvohi bo‘ldingiz. 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozondik, bu albatta yoqimli.

— «Dinamo» jamoasida terma darajasidagi futbolchilari bor. «Qizilqum»da ham shunday futbolchilar bormi? Rahbariyat klub oldiga termaga futbolchi yetkazish vazifasini qo‘yganmi?

— Raqib tarkibida yoshlar ko‘p. Ularning ayrimlari termalarda o‘ynashadi. «Dinamo» kuchli jamoa. Bizda termaga futbolchilar yetkazib berish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Tarkibimizda yaxshi saviyadagi yoshlar bor. Ularga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Avvalo jamoamiz tarkibida o‘ynashsa, xudo xohlasa, termalarda ham o‘ynashadi. Bu borada ham harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 23:37, 25.10.2025.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик