Kirish Ro'yxatdan o'tish

Doku: "Xolandning muvaffaqiyatidan hayron emasman"

Doku: "Xolandning muvaffaqiyatidan hayron emasman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku jamoadoshi Erling Xolandning muvaffaqiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Norvegiyalik hujumchi klub va terma jamoadagi so‘nggi 12 ta o‘yinining barchasida gol urdi.

Bugun 25 yoshli futbolchi Premyer-ligada "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda golli seriyasini uzaytirishga harakat qiladi.

"Xoland - mashina. U gol urishni yaxshi ko‘radi va buni doimo qiladi, lekin u har doim ko‘proq narsani xohlaydi.

Bu Erlingning asosiy fazilatlaridan biri va u doim shunday bo‘lgan. Men uning muvaffaqiyatidan hayron emasman", - deya Dokuning so‘zlarini keltiradi City Report.

Kiritildi: 10:15, 26.10.2025.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик