Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Fabio Kannavaro Olmaliqqa tashrif buyurdi

Fabio Kannavaro Olmaliqqa tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing markaziy uchrashuvi — OKMK FK va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi (1:1) qizg‘in bahsni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bevosita stadiondan kuzatdi. Italiyalik mutaxassis Olmaliq shahridagi futbol muhitidan, muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi va o‘yin sur’atidan katta taassurot olganini bildirdi.

Uchrashuv tanaffusida OKMK FK bosh direktori Bahodir Mirzayev mehmonni iliq kutib olib, Olmaliq-kon metallurgiya kombinatini aks ettiruvchi esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Shuningdek, Kannavaroni klubning kelgusi uy uchrashuvlariga ham tashrif buyurishga taklif qildi.

O‘z navbatida Fabio Kannavaro bugungi bellashuv yuqori saviyada tashkil etilganini, har ikki jamoaning o‘ziga xos o‘yin uslubi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi muxlislar uchun zavqli tomoshani taqdim etganini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekiston futbolida yosh iste’dodlar soni ortib borayotganini, bu esa milliy terma jamoa istiqboli uchun muhim omil ekanini qayd etdi.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 01:20, 27.10.2025.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик