Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Alonso: «Bu g‘alaba faqat uch ochko emas — jamoa uchun katta qadam»

Alonso: «Bu g‘alaba faqat uch ochko emas — jamoa uchun katta qadam»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «el-klasiko» — «Barselona» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Bellashuv 26 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan.

Alonso so‘zlariga ko‘ra, uning shogirdlari bu uchrashuvga katta motivasiya bilan chiqqan:

«Jamoa katta ishtiyoq bilan o‘ynadi. O‘yin oldidan biz nafaqat uch ochko haqida, balki qay darajada o‘sganimizni va nimalarga erishmoqchi ekanimizni muhokama qildik. Bunday muhim bahsda g‘alaba qozongan yigitlardan juda mamnunman. Bu faqat natija emas — o‘ziga xos ahamiyatga ega g‘alaba. Lekin bu faqat boshlanish. Qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarimiz hali ko‘p. Bugungi his-tuyg‘ularni keyingi o‘yinlarda ham saqlab qolishimiz kerak».

Mutaxassis jamoaning himoya va hujumdagi harakatlarini ham alohida ta’kidladi:

«Bugun ko‘p futbolchilar to‘psiz harakat qildi va biz raqibga yaxshi qarshilik ko‘rsata oldik. Himoyada ishonchli o‘ynadik, garchi gol yo‘qotilgan to‘p natijasida urilgan bo‘lsa-da. Oldinda ko‘p imkoniyatlar yaratdik. Energiya, ishonch va raqobatbardoshlik — g‘alabaning kaliti bo‘ldi. Stadiondan juda baxtiyor holda chiqyapmiz. Futbolchilar ham, muxlislar ham bu g‘alabadan zavq olishdi. Ular jamoaning qay darajada kurashayotganini ko‘rishdi. Bu loyiha endigina boshlandi, ammo muxlislar bilan aloqa — eng asosiy jihat, va buni bugun yana bir bor his qildim».

«Real» jamoasi 10 turdan so‘ng 27 ochko bilan La Liganing peshqadami bo‘lib turibdi. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Shu tariqa, Xabi Alonso shogirdlari Ispaniya chempionatidagi asosiy raqibidan 5 ochko farq bilan ilgarilab ketdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:59, 27.10.2025.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.