Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Mbappe «Barsa»ga gol urish bo‘yicha faqat Ronaldu va Benzemadan ortda qolmoqda

Mbappe «Barsa»ga gol urish bo‘yicha faqat Ronaldu va Benzemadan ortda qolmoqda

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “el-klasiko”da “Barselona” darvozasiga yana bir bor gol urdi. Uning goli “Real Madrid”ga La Liganing 10-turidagi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishda yordam berdi.

Bu gol Mbappe uchun kataloniyaliklar darvozasiga 9 uchrashuvdagi 12-gol bo‘ldi. Shu tariqa u XXI asrda “Barselona”ga eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida uchinchi o‘rinni egalladi.

Undan faqat ikki nafar futbolchi ko‘proq gol urgan:

  • Krishtianu Ronaldu — 34 o‘yinda 20 gol,

  • Karim Benzema — 46 o‘yinda 16 gol.

Joriy holatga ko‘ra, “Real Madrid” 10 turdan so‘ng 27 ochko bilan La Liganing yetakchisiga aylandi. “Barselona” esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

Kiritildi: 16:36, 27.10.2025.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик