O‘mon davlatining Masqat shahrida regbi-7 bo‘yicha ayollar terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan “Asia Rugby Emirates Sevens Trophy-2025” musobaqasida munosib natija qayd etildi.
Eron, Janubiy Koreya va Livan jamoalari bilan bahs olib borgan O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi raqiblariga qarshi munosib o‘yin namoyish etdi.
Turnirning hal qiluvchi uchrashuvlarida g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etgan yurtimiz regbichi qizlari “Asia Rugby Emirates Sevens Trophy-2025” chempionligini tantana qildi.













