Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Liverpul" Salohga o‘rinbosar tanladi

"Liverpul" Salohga o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchi Muhammad Salohni kim bilan almashtirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Fichajes xabariga ko‘ra, "Nyukasl" vingeri Entoni Gordon "Liverpul"ning Saloh pozisiyasiga asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Manbaga ishonadigan bo‘lsak, mersisaydlik skautlar Gordonning muvaffaqiyatlarini bir yildan buyon kuzatib kelishmoqda. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "qarg‘alar" uni jamoaning muhim qismi deb bilishadi, shuning uchun past narxdagi takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Gordon 2023 yildan beri "Nyukasl" sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u barcha turnirlarda o‘nta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:20, 28.10.2025.
O'qildi: 2015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик