Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

O‘zbekiston Kubogi finali prevyusi. "Paxtakor" - "Buxoro"

O‘zbekiston Kubogi finali prevyusi. "Paxtakor" - "Buxoro"

Baho:
+ | -

29 oktyabr kuni "Paxtakor" 14-kubok yo‘lida Andijonda "Buxoro"ga qarshi final bahsida maydonga tushadi.

"Paxtakor" O‘zbekiston Kubogida o‘z tarixidagi 18-finalda ishtirok etadi. Raqib uchun bu birinchi finalga aylanadi.

Hozirgacha jamoalar kubokda 6 o‘yin o‘tkazishgan. Ulardan 4tasida "Sherlar", 2tasida buxoroliklar zafar quchishgan. 13 to‘p kiritgan "Paxtakor" 5 to‘p o‘tkazib yuborgan. 1996 yil guruhda 2:0, 2008 yil nimchorak finalda 2:0 va 6:3, 2009 yil chorak finalda 3:0 hisobida jamoamiz g‘olib bo‘lgan. 2016 yilgi bahslarda "Buxoro" 1:0 hisoblarida ustun kelgan.

"Paxtakor" 4 yillik tanaffusdan keyin yana final bahsida maydonga tushadi. Zaid Tahsin diskvalifikasiya tufayli o‘yinda qatnasha olmaydi.

"Paxtakor" va "Buxoro" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi finali 29 oktyabr, Andijondagi "Bobur Arena" stadionida soat 18:30da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:02, 28.10.2025.
O'qildi: 1939 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик