Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

O‘FF rahbari o‘smirlarimizga omad tiladi

O‘FF rahbari o‘smirlarimizga omad tiladi

Baho:
+ | -

Bugun Bahrayn Qirolligida bo‘lib o‘tayotgan 3-Osiyo yoshlar o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan futzal musobaqasida yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Medallar uchun kurash olib borayotgan kuchli to‘rtta jamoa safida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham bor.

Guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘smirlarimiz yarim finalda Eron o‘smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Yevropada xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov biroz oldin o‘smirlar terma jamoamiz murabbiylar shtabi hamda futbolchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida federasiya rahbari o‘smirlar jamoasi a’zolariga ishonch bildirib, mas’uliyatli uchrashuv oldidan ularga kuch-quvvat va omad tiladi.

— Bu sizning Vatan sharafini himoya etayotgan ilk yirik musobaqangiz. Ortingizda ko‘p ming sonli futbol ishqibozlari, ota-onalaringiz va yaqinlaringiz duoda bo‘lib turishibdi. Biz sizning mahoratingiz, qobiliyatingiz va salohiyatingizga ishonamiz. Eng muhimi, raqibdan cho‘chimay, o‘z o‘yinlaringizni namoyish eting. Maydonda bor kuch, mahorat va irodangizni ko‘rsating, — dedi Bekzod Mamatqulov.

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Yosh futzalchilarimizga yarim finalda omad tilaymiz!

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 17:19, 28.10.2025.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик