Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kamoliddin Tojiyev: «Biz yutuq bilan xalqaro maydonga qaytishga harakat qilamiz»

Kamoliddin Tojiyev: «Biz yutuq bilan xalqaro maydonga qaytishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi finalidan avval "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev va yarim himoyachi Sardor Sobirxo‘jayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tojiyev: - O‘yinga doimgidek tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoada kayfiyat yaxshi. Ertaga muxlislarni g‘alaba bilan xursand etishga urinamiz.

Raqibni mensimaslik holati yo‘q. Finalga kuchsiz jamoa chiqmaydi. Buni yigitlarga ham aytdim. "Buxoro" yaxshi o‘ynay oladigan jamoa. Ular qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qilishadi.

Biz yutuq bilan xalqaro maydonga qaytishga harakat qilamiz. Chempionatda kurashni oxirigacha davom ettiramiz. Tarkibdagi futbolchilarni saqlab qolishga intilamiz va yuqori darajali o‘yinchilar taklif etish rejalarda bor.

Sobirxo‘jayev: - Bahsga yaxshi hozirlik qildik. Bizni juda yaxshi o‘yin kutib turibdi deb o‘ylayman.

Final bir o‘yindan iborat. O‘tgan yili "Navbahor" favorit bo‘lgan holda yutqazgandi. Chempionatda uch ochko uchun kurashiladi, bu yerda esa sovrin uchun. Shu sababli uchrashuvga jiddiy yondoshamiz. Hujum qiladigan jamoaga gol urmagan taqdirda bosim ortib boradi, lekin bizda yaxshi saviyali ijrochilar bor.

Klubimiz raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan o‘yindan oldin ko‘rishmadik. Bilishimizcha, u ertaga bellashuvni stadiondan kuzatadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:31, 28.10.2025.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик