Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bahrayn bilan sport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Bahrayn bilan sport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Baho:
+ | -

Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov Bahrayn Sport ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasining bosh direktori doktor Abdurahmon Asqar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv Bahrayn tomonining tashabbusi bilan tashkil etilib, suhbat davomida Shaxrillo Maxmudov mamlakatimizda sportchilarni tayyorlash tizimi, seleksiya jarayonlari hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ilg‘or tajribalar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdi.

O‘z navbatida, Bahrayn tomoni O‘zbekiston sportchilarining so‘nggi yillarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini yuqori baholab, ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini kuzatib borayotganliklarini va bu natijalar katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida sport sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda xalqaro miqyosdagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston va Bahrayn sportchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish va bu yo‘nalishda hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 16:08, 29.10.2025.
O'qildi: 440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик