"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Lamin Yamaldan g‘azabda.
Defenca Central nashrining xabar berishicha, nemis murabbiyi Yamalning "el-klasiko"dan oldingi provokasion bayonotlaridan norozi.
O‘yindan bir necha kun oldin Yamal "Real Madrid"ni tanqid qilgan bir nechta gaplar aytdi. Shundan so‘ng, "Barselona" "Santyago Bernabeu"da 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













