Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bahrayn-2025. O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida medallar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

Bahrayn-2025. O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida medallar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston delegasiyasi Bahraynda yakuniga yetgan III Osiyo yoshlar o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi.

Qit’amizning 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchisi ishtirok etgan mazkur musobaqada yosh atletlarimiz yuksak mahorat va jasorat ko‘rsatib, murosasiz bellashuvlarda 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Ushbu natijaning tarixiyligi shundaki, delegasiyamiz I Osiyo yoshlar o‘yinlarida 3 ta bronza, II O‘yinlarda esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu gal mazkur raqamlar ancha salmoqli ko‘rinish oldi.

Shubhasiz, bunday natija ortida muhtaram Prezidentimiz tomonidan nafaqat professional, balki yoshlar sportiga ham qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik turibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi III Osiyo yoshlar o‘yinlarida qayd etilgan ushbu yuksak natija bilan barcha federasiya va assosiasiyalar, sportchi hamda murabbiylar, millionlab yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:47, 31.10.2025.
O'qildi: 2809 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик