Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Yosh shaxmatchilarimiz – Osiyo chempionati sovrindori

Yosh shaxmatchilarimiz – Osiyo chempionati sovrindori

Baho:
+ | -

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning standart yo‘nalishi bo‘yicha poyoniga yetgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining 4 nafari sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

16 ta davlatning 675 nafar shaxmatchi yoshlari qatnashgan qit’a birinchiligida 9 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasida Madinabonu Asadova 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni, Farzonabonu Bozorova 7,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 2-o‘rinni egalladi.

13 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar musobaqasida Mohinur Hikmatxonova 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plab, kumush medalni, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Tohir Ne’matov 7 ochko bilan kumush medalga egalik qildi.

Chempionatning so‘nggi kunlarida blis yo‘nalishidagi musobaqalar tashkil etiladi.

Kiritildi: 20:23, 31.10.2025.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик