Kirish Ro'yxatdan o'tish

Verratti o‘zini Italiya grandiga taklif qildi

Verratti o‘zini Italiya grandiga taklif qildi

Baho:
+ | -

Qatarning «Al-Duhayl» jamoasi yarim himoyachisi Marko Verratti kelasi yili Italiyaga qaytishi mumkin.

32 yoshli futbolchi vatanida o‘ynashni xohlamoqda va uning xizmatlari yaqinda vositachilar orqali «Yuventus»ga taklif etilgani haqida jurnalist Mirko di Natale xabar berdi. «Keksa sinyora» rahbariyati Verrattini qayd etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, biroq buning barchasi sobiq «PSJ» yulduzining moliyaviy talablariga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, dastlab Turin grandida futbolchi hali ham yuqori darajada o‘ynay olishini aniqlab olish niyati bor.

Marko Verratti joriy yil iyul oyida «Al-Arabi»dan «Al-Duhayl»ga o‘tgan edi. Italyan futbolchisi 2023 yili 11 yillik «PSJ» faoliyatidan so‘ng Qatarga ko‘chib o‘tgan.

Kiritildi: 05:49, 01.11.2025.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик