Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe "Tottenxem" yulduzi Xavi Simonsga baho berdi

Mbappe "Tottenxem" yulduzi Xavi Simonsga baho berdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi futbolchisi Kilian Mbappe "Tottenxem" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik hujumchi niderlandiyalik futbolchi bilan "PSJ"da birga o‘ynagan.

"Simons juda iqtidorli futbolchi. U o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilib, o‘yin amaliyoti uchun PSVga ko‘chib o‘tgan. Yoshligingda top-klubda o‘zingni ko‘rsatish qiyin. Keyin u "RB Leypsig"ga o‘tdi, u yerda ham ajoyib edi va endi "Tottenxem"ga o‘tdi. Umid qilamanki, Xavi rivojlanishda davom etadi va o‘zi intilayotgan hamma narsaga erishadi. Unga eng yaxshi tilaklarni tilayman," - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Xavi Simons avgust oyida "RB Leypsig"ni "Tottenxem"ga almashtirgandi. Transfer qiymati 65 mln yevroni tashkil etgan.

Kiritildi: 08:43, 01.11.2025.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик