Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 0-2 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 1-0 Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kuchimiz yetganicha qarshilik qildik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kuchimiz yetganicha qarshilik qildik»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O‘yin og‘ir bo‘lishini kecha aytib o‘tgan edik. Amalda ham shunday bo‘ldi. Kuchimiz yetganicha qarshilik qildik, lekin o‘yinning oxiriga kelib jamoada kuch qolmagani sabab tashabbusni berib qo‘ydik. Ikkita standart vaziyat bugun raqibga g‘alaba keltirdi. Standart vaziyatlardagi xatolarni taxlil qilib chiqamiz.

Abduvohid (Ne’matov) yaxshi darvozabon. Balki bosim ta’sir qilayotgandir, balki raqobatning yo‘qligi bunday xatolarga sabab bo‘layotgandir. Bugungi va oldingi mag‘lubiyatlarda barcha birdek aybdor. Mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytib o‘tdim. Bu turnirda kuchli raqiblarga qarshilik ko‘rsatish uchun biz eng yuqori holatda bo‘lishimiz kerak.

Bu o‘yinlar bizga dars bo‘lmoqda. Bunday jamoalarga qarshi turib berish uchun tarkibimiz juda kuchli bo‘lishi kerak. Bu nafaqat "Nasaf" uchun, balki boshqa jamoalarimiz uchun ham taalluqli. Hozirgidan 2-3 baravar kuchli legionerlarni olib kelish esa oson emas», - dedi "ajdarlar" ustozi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:42, 03.11.2025.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик