Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Barselona» Xolandni yozda transfer qilishga jiddiy bel bog‘lagan

«Barselona» Xolandni yozda transfer qilishga jiddiy bel bog‘lagan

Baho:
+ | -

«Barselona» 2026 yil yozida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi El Nacional nashri.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" norvegiyalik forvard uchun «Manchester Siti»ga yarimhimoyachi Dani Olmo va qo‘shimcha pul taklif qilishga tayyor. Ta’kidlanishicha, Olmo uzoq vaqtdan beri «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga ma’qul bo‘lib kelayotgan futbolchi hisoblanadi.

27 yoshli Olmo — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U 2024 yildan buyon asosiy jamoa safida to‘p surmoqda. Hozirgacha u barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati — 60 million yevro.

Xolandning «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor narxi — 180 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:10, 04.11.2025.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик