Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Fabrisio Romano «Yuventus» va Devid o‘rtasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Fabrisio Romano «Yuventus» va Devid o‘rtasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

So‘nggi xabarlarga qaramay, “Yuventus” ham, kanadalik hujumchi Jonatan Devid ham qishki transfer oynasida ajralish niyatida emas.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda tarqalgan xabarlar asossiz bo‘lib, jamoa va futbolchiga yaqin manbalar vaziyatni "vazminlik bilan baholash kerak" deb ta’kidlagan.

Ayni paytda 25 yoshli forvard to‘liq diqqatini “Yuventus”dagi faoliyatiga qaratgan va klub bilan yangi bosqichni muvaffaqiyatli o‘tkazishni maqsad qilgan.

Shuningdek, boshqa klublar bilan hech qanday muzokaralar yoki aloqalar bo‘lmagani ma’lum qilindi.

Avvalroq, Devidni "Tottenxem", "Bavariya" va "Chelsi" o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Kiritildi: 22:52, 04.11.2025.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.