"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Men aniq bilamanki, u bu yerda, "Barsa"da juda baxtli. U bizning "Kamp Nou" stadioniga qaytishimizdan va shunday ulkan stadionga ega bo‘lgan klubga murabbiylik qilayotganidan g‘oyat ruhlangan," deya ta’kidladi Laporta.













