Kirish Ro'yxatdan o'tish

Valverde: "G‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz"

Valverde: "G‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz"

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlari Ligasi guruh bosqichining 4-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan "Nyukasl" - "Atletik" (Bilbao) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz maydonga chiqib, g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Bu o‘yin ko‘p yillar oldin UYEFA kubogida o‘ynagan boshqa o‘yinlarimizni eslatadi. Biz klubimizning sharafini himoya qilamiz. "Nyukasl" ajoyib jamoa, ular bizdan uch ochko oldinda. Ular o‘z uylarida tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishadi, ammo biz uchun bu ochko to‘plash uchun yana bir imkoniyat" - dedi Valverde.

Eslatib o‘tamiz, "Nyukasl" - "Atletik" uchrashuvi bugun tunda, 01:00da boshlanadi.

Kiritildi: 21:00, 05.11.2025.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик