Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

«Real» Vinisiusning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi — Bild

«Real» Vinisiusning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi — Bild

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi rahbariyati braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni 2026-yilning yozida sotish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu qaror “Barselona”ga qarshi o‘yindagi voqeadan so‘ng qabul qilingan. Klub prezidenti Florentino Peres futbolchining maydondagi va undan tashqaridagi xatti-harakatlaridan bezor bo‘lgan va “hech bir o‘yinchi klubdan muhim emas” degan prinsipni boshqalarga ko‘rsatib qo‘ymoqchi.

26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan “El-Klasiko”da “Real” “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Vinisius 72-daqiqada zaxiraga olindi. Biroq futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonsoning bu qaroridan jahli chiqib, unga qarata: “Nega har doim men? Men klubni tark etaman”, degan gaplarni aytgan. Keyinchalik hujumchi murabbiy va jamoadoshlaridan uzr so‘ragan. Biroq rahbariyat futbolchini sotish fikridan qaytmagan.

25 yoshli Vinisius 2018-yildan beri “Real Madrid” sharafini himoya qiladi. U klub bilan uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi “Real” safida 335 o‘yinda maydonga tushib, 111 ta gol va 87 ta golli uzatma amalga oshirgan. U Braziliya terma jamoasi safida ham 43 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 150 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:23, 05.11.2025.
O'qildi: 5564 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик