Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Milan" yana yilni foyda bilan yakunlaganini e’lon qildi

"Milan" yana yilni foyda bilan yakunlaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Milan" rekord darajadagi moliyaviy natijalarni e’lon qildi.

Bugungi aksiyadorlar yig‘ilishida 2025 yil 30 iyunda yakunlangan o‘tgan moliya yili bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

"Zamonaviy tarixda" birinchi marta klub ketma-ket uch mavsumda foyda ko‘rdi. Bu safar u 3 mln yevroni tashkil etdi. Bundan tashqari, "rossonerilar" ketma-ket uchinchi marta rekord darajadagi daromadga ega bo‘lishdi: o‘tgan yilga nisbatan summa 10 foizga oshdi va 494,5 mln yevroni tashkil etdi.

Tijorat daromadlari 6 foizga (152,3 milliongacha), o‘yinchilar huquqlarini boshqarishdan tushgan daromadlar 30,6 foizga oshdi.

Shu bilan birga, sof moliyaviy qarz 43 million yevroga oshdi - u 92,6 million yevroga yetdi.

Kiritildi: 02:12, 06.11.2025.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик