Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tonali: "Men "Nyukasl"da 10 yil qolaman demayman"

Tonali: "Men "Nyukasl"da 10 yil qolaman demayman"

Baho:
+ | -

"Nyukasl" yarim himoya chizig‘i yetakchisi Sandro Tonali jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Men bu yerda 10 yil qolib, ikki, uch, to‘rt yoki besh yildan keyin ketaman, demoqchi emasman. O‘tgan yozda biz va Aleks (Isak ) uchun hammasi qiyin kechdi, ammo bu futbol.

O‘zing uchun, jamoang uchun imkoniyat bo‘lsa, futbolda hamma narsani o‘ylashing kerak. "Men 10 yilga qolaman" demoqchi emasman, lekin hozir bu yerda baxtliman va boshqa jamoalar haqida o‘ylamayapman," - dedi Tonali.

Tonalining "qarg‘alar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Unga A Seriyaning bir qator grandlari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 16:01, 07.11.2025.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик