Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Superliga. OKMK Olmaliqda «Navbahor»ga imkoniyat qoldirmadi

Superliga. OKMK Olmaliqda «Navbahor»ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Superliganing 28-turidan o‘rin olgan OKMK va "Navbahor" o‘rtasida kechgan Olmaliqdagi o‘yin shiddat bilan boshlandi. Ilk daqiqalardanoq ikki jamoa faol harakat qildi, bir necha xavfli hujumlar amalga oshirildi. OKMK darvozaboni Hamidullo Abdunabiyevning ishonchli o‘yini ilk daqiqalarda jamoasini goldan saqlab qoldi.

27-daqiqada hisob ochildi. Arihiro Sentoku va Xurshid G‘iyosovning yaxshi o‘zaro kombinasiyasi orqali yaratilgan imkoniyatdan Ali Abdurahmonov aniq foydalandi — 1:0.

Bir daqiqadan so‘ng «konchilar» yana gol urishdi. Bu safar Sentoku Ruben Sanchesga aniq uzatma berdi, ispaniyalik legioner esa raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 2:0.

39-daqiqada Xurshid G‘iyosov yana bir assistni amalga oshirdi, Nodirbek Abdurazzoqov esa hisobni yirik ko‘rinishga olib chiqdi — 3:0.

Birinchi bo‘limda «Navbahor» ham bir necha bor gol urish imkoniga ega bo‘ldi, ammo Abdunabiyevning ajoyib seyvlari OKMK darvozasini goldan saqlab qoldi.

Ikkinchi taymda OKMK o‘yinni nazorat qilib bordi. 59-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jayev bosh bilan xavfli zarba berdi, ammo mehmonlar darvozaboni to‘pni qaytardi.

81-daqiqada «Navbahor» javob golini urdi — Zabihillo O‘rinboyev hisobni qisqartirdi (3:1).

Shunga qaramay, o‘yin oxirida ham Abdunabiyev bir necha bor jamoasini qutqardi va «konchilar» muhim g‘alabani saqlab qoldi.

OKMK bu turda ishonchli g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 44 taga yetkazib, egallab turgan 6-pog‘onani mustahkamladi. "Navbahor" esa 38 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.

Superliga. 28-tur
OKMK — «Navbahor» 3:1
Gollar: Ali Abdurahmonov (27), Ruben Sanches (28), Nodirbek Abdurazzoqov (39) — Zabihillo O‘rinboyev (81)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:06, 07.11.2025.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик