Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» himoyachisi vataniga qaytishi mumkin

«Liverpul» himoyachisi vataniga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

2025/2026 yilgi mavsum yakunlangach, himoyachi Endryu Robertson "Liverpul"ni tark etib, o‘z vatani Shotlandiyaga yo‘l olishi mumkin. Transfer News Live’ning TEAMtalk'ga tayanib xabar berishicha, Robertson "Seltik" bilan dastlabki kelishuvni imzolashga tayyor.

Glazgo klubi Robertson himoyani barqarorlashtirishga yordam beradi, shuningdek, yoshlar uchun yaxshi murabbiy bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Endryu Robertsonning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. FIFA qoidalari futbolchilarga shartnoma muddati tugashidan yarim yil oldin boshqa mamlakat klubi bilan dastlabki shartnoma tuzish imkonini beradi.

O‘z vaqtida Robertson "Seltik" yoshlar jamoasidan o‘tgan, ammo asosiy jamoada o‘ynamagan.

Kiritildi: 23:40, 07.11.2025.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик