Corriere della Sera nashrining xabar berishicha, "Nyukasl Yunayted"ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali "Milan"ga qaytishni istaydi.
Manbaning xabar berishicha, 25 yoshli yarim himoyachi "Milan"ni juda ham sog‘inishini qayd etgan.
Biroq, A Seriyaning yana bir klubi - "Yuventus" Tonaliga qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchining "zag‘izg‘onlar" bilan shartnomasida qo‘yib yuborish bandi yo‘q.













