Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Otabek Narzullayev: «Bir ochko uchun bo‘lsa ham maydonga chiqqandik. Omadimiz kelib yutib ketdik»

Otabek Narzullayev: «Bir ochko uchun bo‘lsa ham maydonga chiqqandik. Omadimiz kelib yutib ketdik»

Baho:
+ | -

Superliga 28-turidan o‘rin olgan "Nasaf" — "Mash’al" (1:2) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. "Nasaf" kuchli jamoa va buni hamma biladi. "Nasaf" chempionlikni saqlab qolish yo‘lida harakat qilyapti. O‘z o‘rnida bizga ham ochko kerak, chunki Superligada qolish uchun kurash olib boryapmiz. Biz uchun har bir o‘yindagi ochko muhim. Bugun qarshi hujum taktikasida o‘ynab g‘alaba qozondik. Ushbu yutuq bilan barcha muborakliklarni tabriklayman.

— Intervyularingiz birida Qashqadaryo chempion bo‘lishini xohlayman degandingiz. Lekin bugungi g‘alaba o‘sha gapga to‘siq bo‘lgandek.
— Har bir Qashqadaryo ahli chempionlik shu yerda qolishini xohlaydi. Hozir ham shu fikrimda qolaman. Farg‘onalik muxlis yoki murabbiydan so‘rasangiz, ular chempionlik Farg‘onaga kelsin deydi. Bu futbolda normal holat. Mening gaplarimni jurnalistlar qanday talqin qilgan bilmayman. Men "Nasaf" o‘z kuchi bilan chempionlikni saqlab qolsin deganman. Lekin bu boshqalar yordam bersin ma’nosini bermaydi. Futbolda hammamizning o‘z ishimiz bor.

— "Mash’al" jamoasining oxirgi 4-5 o‘yindagi tarkibini oladigan bo‘lsak, bugun noodatiy tarkib maydonga tushdi. Asosiy futbolchilarga dam berib, yoshlarni maydonga tushirdingiz. Bu esa g‘alabaga olib keldi. Bu strategiya mashg‘ulotlar paytida shakllandimi?
— Birinchi taymda muvozanatni saqlab ikkinchi taymda agressiv hujumga chiqishimiz kerak edi. "Nasaf" o‘z maydonida to‘p tepishini hisobga olib, qarshi hujum taktikasini belgiladik. Bugun payti ekan yoshlarga imkon berdik. Futbolda almashtirib bo‘lmas o‘yinchi yo‘q, kim tayyor bo‘lsa shu o‘ynaydi.

— Umar Aminovning harakatlari haqida?
— Umar kreativ futbolchi. U kerakli paytda to‘pni o‘zida saqlab, jamoadoshlariga vaqtida uzatdi.

— Voha derbisi tarixidagi eng qattiq o‘yin bugun bo‘ldimi?
— Bosh murabbiy sifatida men uchun shunday bo‘ldi.

— Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy tayinlandi. Fabio Kannavaro ko‘p stadionlarga borib o‘yinlarni kuzatyapti. Kannavaro stadionlarga borishni boshlaganidan beri autsayderlar ham ancha jonlanib qoldi va quyi o‘rindagilar ochko yig‘ishni boshladi. Bosh murabbiyning stadionlarga borishi futbolchilarga qo‘shimcha motivasiya beryaptimi?
— Kimdir o‘zini ko‘rsata olmay turgan bo‘lishi mumkin va terma jamoa bosh murabbiyi kelsa bu ham unga qo‘shimcha ruhiyat beradi. Hammaning terma jamoada o‘ynagisi keladi. Masalan, mening ham orzum terma jamoada ishlash desam bo‘ladi. Bosh murabbiyning o‘yinlarga borishi qayerdadir foydaga ishlasa, qayerdadir zararga ishlaydi. Masalan, uyda "Xorazm" bilan o‘ynaganimizda yutqazib qo‘ydik.

— Bugungi g‘alaba rejangiz asosida qo‘lga kiritildimi yoki tasodifmi?

— Buni tasodif demagan bo‘lardim. Biz ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynashimizni bilardik. "Nasaf"ni hurmat qilgan holda bir ochko uchun bo‘lsa ham maydonga chiqqandik. Omadimiz kelib yutib ketdik.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 00:07, 09.11.2025.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.