"Arsenal"ning g‘alabali seriyasi barham topdi.
Bugun Mikel Arteta jamoasi APLning 11-turida "Sanderlend"ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Bungacha London klubi ketma-ket 10 ta o‘yinda umumiy 21:1 hisobida zafar quchgan edi. "Kanonirlar"da 31 avgustdan beri mag‘lubiyat yo‘q - o‘shanda ular "Liverpul"ga yutqazishgandi (0:1).
23 noyabr kuni "Arsenal" "Tottenxem" bilan derbi o‘tkazadi.













