Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte "Napoli" rahbariyati bilan uchrashadi

Konte "Napoli" rahbariyati bilan uchrashadi

Baho:
+ | -

"Napoli" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Uchrashuv 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. So‘nggi o‘yinlardagi natijalardan norozi bo‘lgan jamoa xo‘jayini Aurelio De Laurentis Konte bilan hamkorlikni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasini muhokama qiladi. "Napoli"ning o‘yini batafsil tahlil qilinishi kutilmoqda.

Neapol klubi barqaror natijalar ko‘rsatmayapti. Barcha turnirlardagi so‘nggi 10 ta o‘yinda atigi 4 ta g‘alaba qayd etilgan. Jamoa Italiya chempionatida peshqadamlikni yo‘qotdi va Chempionlar Ligasida PSVga 2:6 hisobida yutqazdi.

Kiritildi: 14:54, 10.11.2025.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик