Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh oshpaz va nutrisiolog jalb etildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh oshpaz va nutrisiolog jalb etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa futbolchilarining sog‘lom ovqatlanishini nazorat qilish, tiklanish jarayonlarini yaxshilash va umumiy tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida terma jamoa shtabiga ispaniyalik bosh oshpaz hamda professional nutrisiolog jalb etildi.

Bu tashabbus jamoa futbolchilarining to‘g‘ri ovqatlanish tartibini saqlash, energiya balansini ta’minlash va o‘yinlardagi jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida o‘tkaziladi.

Manba: UFA
Kiritildi: 15:18, 10.11.2025.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик