Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

"Barsa" Messining "Kamp Nou"ga tashrifidan hayratda qoldi

"Barsa" Messining "Kamp Nou"ga tashrifidan hayratda qoldi

Baho:
+3 | -

"Barselona" vakillari jamoaning sobiq futbolchisi Lionel Messining kutilmaganda "Kamp Nou"ga tashrif buyurganidan hayron bo‘lishdi. Avvalroq u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida stadiondan olingan suratlar va matnni e’lon qilgandi.

Sport.es portalining "Barselona"dagi manbalari qayd etishicha, Messining stadionga kelishi haqida hech kimga xabar berilmagan. Argentinalik futbolchining posti ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar nashrlarida tezda tarqaldi, klub rahbariyati esa bunga ishona olmadi.

Uning stadionga qanday kirgani noma’lumligicha qolmoqda. Hozir klubda Messiga kim yordam bergan bo‘lishi mumkinligini aniqlashga harakat qilishmoqda. Futbolchiga yaqin manbalarning tasdiqlashicha, argentinalik futbolchi bu tashrifni klubning hech bir a’zosi bilan kelishmagan va buni o‘z tashabbusi bilan amalga oshirgan.

Messi 9 noyabr oqshomida "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi. U 14 noyabr kuni Ispaniya hududida bo‘lib o‘tadigan Angolaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun Argentina terma jamoasiga qo‘shiladi.

Kiritildi: 18:26, 10.11.2025.
O'qildi: 3470 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.