Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Superliga. «Surxon» Termizda «Sho‘rtan»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Superliga. «Surxon» Termizda «Sho‘rtan»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Superliganing 28-turi doirasida Termizdagi «Voha derbisi» kutilganidek jonli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. «Surxon» va «Sho‘rtan» jamoalari o‘rtasidagi bahsda yakka gol taqdirni hal qildi.

Boshidanoq tashabbus termizliklar qo‘lida bo‘ldi. Ilk daqiqalardanoq hujumkor o‘yin namoyish etgan «Surxon» bir necha bor hisobni ochish imkoniga ega bo‘ldi. 7-daqiqada Muhammad-Ali Abdurahmonovning zarbasini raqib posboni Eshbo‘tayev qaytardi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Asadbek Karimovning zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi.

18-daqiqada Sunatilla Poyonovning jarima zarbasi jonli devorga tegib maydondan chiqib ketgan bo‘lsa, 27-daqiqa esa Rustam Turdimurodovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini Eshbo‘tayev mo‘’jiza bilan qaytardi. 29-daqiqada «Sho‘rtan» tomonidan kiritilgan to‘p ofsayd sababli hisobga olinmadi.

Birinchi bo‘limda «Surxon» bir necha xavfli hujumlar tashkil etgan bo‘lsa-da, gol kiritish imkonini topa olmadi. Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqishdi.

Ikkinchi taymda ham termizliklar tashabbusni saqlab qolishdi. 55 va 60-daqiqalarda Nodirbek Abduxoliqovning zarbalari xavfli chiqdi, ammo raqib darvozaboni bu safar ham ishonchli o‘ynadi.

82-daqiqada esa asosiy voqea ro‘y berdi — Rustam Turdimurodovning aniq uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Sarvar Abduhamidov darvozani ishg‘ol qildi — 1:0!

Shundan so‘ng «Surxon» hisobni saqlab qolishga e’tibor qaratdi. 90+6-daqiqada posbon Yo‘ldoshevning muhim seyvi jamoani so‘nggi daqiqalarda qutqarib qoldi.

Shu tariqa, «Surxon» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 31 taga yetkazdi.

Superliga, 28-tur
10 noyabr 2025 yil. Termiz. «Surxon» stadioni.
SURXON - SHO‘RTAN - 1:0
Gol: Sarvar Abduhamidov, 82 (1:0)
Ogohlantirishlar: Behruz Karimov (50), Nodirbek Abduxoliqov (63), Dilshod Yo‘ldoshev (90+).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:31, 10.11.2025.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.