Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sheshko Sloveniya terma jamoasining noyabr oyidagi saralash o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Sheshko Sloveniya terma jamoasining noyabr oyidagi saralash o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Binyamin Sheshko Sloveniya terma jamoasi safida JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Kosovo (15 noyabr) va Shvesiyaga (18 noyabr) qarshi o‘yinlarda maydonga tushmaydi.

Hujumchi APLning 11-turida "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oxirida tizzasidan jarohat oldi va ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi. Sheshko maydonni oqsoqlanib tark etishga majbur bo‘ldi, "Yunayted" esa o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.

Sloveniya terma jamoasi matbuot xizmati tasdiqladi: Sheshko qo‘shimcha tekshiruv uchun Manchesterda qoldi. Ingliz klubi hozircha jarohat tafsilotlarini rasman oshkor qilmadi. Forvard 24 noyabr kuni "Everton"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 05:25, 11.11.2025.
O'qildi: 382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик