O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Abdulmalik Anvarov Panamaga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
O‘FAning xabar berishicha, futbolchimiz darhol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va unda hech qanday jiddiy shikastlanish aniqlanmagan.
Hozirda uning ahvoli yaxshi.














