Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Arsenal" "Napoli"ning bosh skautini o‘z tomoniga og‘dirmoqchi

"Arsenal" "Napoli"ning bosh skautini o‘z tomoniga og‘dirmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi "Napoli" bosh skautini o‘z safiga chorlash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, APLning "Arsenal" klubi Maurisio Mikelini kadrlar bilan ishlash bo‘yicha rahbarlik lavozimiga taklif qilmoqchi. Muzokaralar rivojlangan bosqichda.

57 yoshli italiyalik Marek Gamshik, Kim Min Je va Xvicha Kvarasxeliya kabi iste’dodlarni kashf etgan. U o‘tmishda "Udineze"da skaut va "Breshiya"da sport direktori bo‘lib ishlagan. Mikelli birinchi marta 2010 yilda "Napoli" skautlar tarmog‘iga tushgan. U yerda 5 yil ishlab, o‘zini "Verona" va "Bolonya"da sinab ko‘rdi, 2018 yilda esa yana Neapol klubi safiga qo‘shildi.

Mikelining "Napoli"dan ketishi birinchi marta aytilayotgani yo‘q. "Yuventus" ushbu mutaxassisga 2024 yilda taklif bilan chiqqan edi.

Kiritildi: 13:55, 12.11.2025.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик