Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini ushbu klubning Italiya chempionatidagi navbatdagi o‘yini haqida fikr bildirdi. Milliy jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan so‘ng "Milan" ashaddiy dushmani va A Seriya turnir jadvali peshqadami "Inter"ga qarshi maydonga tushadi.
"Bu muhim o‘yin bo‘ladi, ammo mavsumning bu bosqichida hal qiluvchi o‘yin bo‘lmaydi. Ha, "Milan" allaqachon "Inter" bilan tenglasha olishini ko‘rsatdi," - deya Ambrozini so‘zlarini keltiradi pianetamila.it.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" va "Inter" o‘rtasidagi bahs 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda "Milan" turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Inter" peshqadamlik qilmoqda.













