Hujumchi Joshua Zirkzee qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishi aniq, chunki u hozirda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Transfer News Live’ning Sky Sport’ga tayanib xabar berishicha, Zirkze "Everton" uchun asosiy nomzodlardan biriga aylangan. Mersisaydliklar yanvarda hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
"Everton" Gabriel Jezus nomzodini ko‘rib chiqqandi, ammo "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohatidan forig‘ bo‘lgan braziliyalikni olib qolishini ma’lum qildi.
24 yoshli Joshua "Transfermarkt" portali tomonidan 28 million yevroga baholanmoqda.













