Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Holand: “Abduqodir Husanov — jamoamiz uchun haqiqiy topilma”

Holand: “Abduqodir Husanov — jamoamiz uchun haqiqiy topilma”

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Holand o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Norvegiyalik forvard “Husa”ning jamoaga moslashuv jarayoni va bosimlarga dosh berish qobiliyatini alohida e’tirof etdi.

Holandning so‘zlariga ko‘ra, Husanov uchun Angliya Premyer Ligasidagi ilk davrlari oson kechmagan:

«"Husa" jamoamiz uchun haqiqiy topilma bo‘ldi. U uchun hammasi oson bo‘lgani yo‘q: yangi mamlakatga ko‘chib o‘tish, tilni bilmaslik — bular juda og‘ir. Buning ustiga, u Angliya Premyer Ligasidagi ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lgani uchun uning yelkasida katta bosim bor edi», — deya Holandning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “shaharliklar” safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsum 22 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda. Husanovning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:38, 20.04.2026.
O'qildi: 5825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик