Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev mezbon sportchini mag‘lub etib, nimchorak finalga chiqdi

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev mezbon sportchini mag‘lub etib, nimchorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 4-bosqichning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Nodirbek Yoqubboyev (2689) va hindistonlik Pranav Vantekash (2641) o‘rtasidagi bahs hozirgina yakuniga yetdi. Oq donalarda o‘ynagan hamyurtimiz g‘alabani qo‘lga kiritdi. 38-yurishdan keyin mezbon shaxmatchi o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Pranav 28-yurishda Farzin bilan noaniq yurishni amalga oshirdi. Yoqubboyev esa ustunlikni qo‘ldan chiqarmadi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, shaxmatchilar o‘rtasida kecha o‘tkazilgan ilk o‘yinda durang qayd etilgan edi. Nodirbek nimchorak final bosqichda Avondor Liang (AQSH) / Gabriyel Sargisyan (Armaniston) juftligi g‘olibiga qarshi dona suradi.

Ayni paytda Javohir Sindarov (2721) va xitoylik Yu Yanyi (2720) o‘rtasidagi javob o‘yini davom etyapti. Hozircha vaziyat mutlaqo teng. Shu bois, durang qayd etilish ehtimoli bor. Shunday natija qayd etilsa, shaxmatchilar ertaga rapid formatida tay-brekda ishtirok etishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:36, 12.11.2025.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик