Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Manchester Yunayted" forvardi Zirkzee yanvarda ketishi mumkin, ammo muammo bor

"Manchester Yunayted" forvardi Zirkzee yanvarda ketishi mumkin, ammo muammo bor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee jamoadagi holatidan norozi.

Niderlandiyalik futbolchi jahon chempionati oldidan muntazam maydonga tushishni istamoqda, biroq Ruben Amorim bunga umid qilmayapti. Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi yanvar oyida ijaraga qo‘yib yuborilishi mumkin.

Muammo shundaki, Zirkzeega asosiy da’vogar bo‘lgan "Roma" uning maoshini to‘lay olmasa kerak. Bitim amalga oshishi uchun kimdir yon berishga majbur bo‘ladi.

Joshua Zirkzee joriy mavsumda 5 marta zaxiradan maydonga tushdi va shu paytgacha boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmadi.

Kiritildi: 07:06, 13.11.2025.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.