Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Pep Gvardiola “Real Madrid” Erling Holandni sotib olishi mumkinligidan xavotirda

Pep Gvardiola “Real Madrid” Erling Holandni sotib olishi mumkinligidan xavotirda

Baho:
+2 | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Holand faoliyatini boshqa ligada davom ettirishi mumkin. Defensa Central nashrining yozishicha, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik futbolchining “Real Madrid”ga o‘tish istagidan norozi bo‘lmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Gvardiola Holandning shartnomasiga tovon puli bo‘yicha band kiritilishiga qarshi chiqqan va mazkur sabab ortidan rahbariyat bilan tortishuv yuzaga kelgan. Ma’lumki, Holand va “Siti” o‘rtasidagi shartnomaga 2024-yildan boshlab 200 million yevrolik tovon puli bandi kiritilgan. Bu band orqali Angliya Premyer Ligasi tashqarisidagi klublar hujumchini sotib olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Holand qancha uzoq “Siti” safida qolsa, tovon summasi kamayib boradi.

Gvardiola esa Chempionlar Ligasidagi asosiy raqobatchi bo‘lgan “Real” ushbu bandni faollashtirishi mumkinligidan xavotirda. Holand esa hech qachon “qaymoqranglilar”ga muxlislik qilishini yashirmagan. U doimo “Real”ning yirik sovrinlar uchun kurashish qobiliyatini yuqori baholaydi va intervyularida o‘zining kumiri Krishtianu Ronaldu ekanini tan olgan. Bundan tashqari, hujumchi Ispaniyani juda yoqtiradi va bu mamlakatga tez-tez kelib turadi.

“Real” esa hujumchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan o‘rganib chiqmoqda. Agar klub rahbariyati Vinisius Junior bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, uni 2026-yilda sotib yuboradi. Uning transferidan tushgan summa Holand uchun sarflanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Holandni 2022-yilda sotib olgan. Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan. 25 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Holandning bozor qiymati 180 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:24, 13.11.2025.
O'qildi: 3210 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик